Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 15-noyabr, 2026
Qavatly — noturar binolar egalari uchun xizmat: qavatly.uz sayti va Qavatly mobil ilovasi. Bu yerda qanday ma’lumot to‘plashimiz, nima uchun va uni qanday o‘chirish mumkinligi yozilgan.
Qanday ma’lumot to‘playmiz
- Hisob: ism, telefon raqami va parol (faqat shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi).
- Tashkilot: nomi, STIR yoki JShShIR, YaTT yoki jismoniy shaxsning pasport ma’lumotlari, manzil, bank rekvizitlari, aloqa ma’lumotlari.
- Ega kiritadigan ma’lumotlar: binolar, xonalar, ijarachilar va ularning kontaktlari, shartnomalar, hisoblashlar, to‘lovlar, hisoblagich ko‘rsatkichlari, hujjatlar.
- Fayllar: bino va xonalar rasm va videolari, qavat rejalari, 3D modellar, yuklangan hujjatlar va ko‘chirmalar.
- Sayt tashrifchilarining arizalari: formada qoldirgan ism, telefon, kompaniya va izoh.
- Texnik ma’lumotlar: kabinetdagi amallar jurnali (kim nimani o‘zgartirgani) va server jurnallari.
Nima uchun ishlatamiz
- Xizmat ishlashi uchun: kirish, ega kabineti, ijara hisobi, hujjatlar va hisobotlar.
- Tasdiqlash kodlari va ijarachilarga to‘lov eslatmalarini yuborish uchun.
- Saytdagi arizani bino egasiga yetkazish uchun.
- Obuna to‘lovini qabul qilish uchun.
- Ma’lumotlarni sotmaymiz va reklama ko‘rsatmaymiz.
Ma’lumotni kimga beramiz
- Telegram — tasdiqlash kodlari va eslatmalar (Telegram Gateway va bot orqali).
- Eskiz — raqamda Telegram bo‘lmasa, kod SMS orqali.
- Payme va Click — obuna to‘lovi. Karta ma’lumotini ularning sahifasida kiritasiz, biz uni ko‘rmaymiz.
- Anthropic — yuklangan chizmalar, bank ko‘chirmalari va hujjat shablonlarini sun’iy intellekt yordamida tanish; fayllar faqat shu ish uchun yuboriladi.
- Xarita xizmatlari (OpenStreetMap, Apple, Google) — binoning joyini xaritada ko‘rsatish.
Ijarachilar ma’lumoti
- Ijarachilar haqidagi ma’lumotni bino egasi kiritadi. Ularga ishlov berish huquqi uchun ega javob beradi; Qavatly ularni ega topshirig‘i bilan saqlaydi va ishlaydi.
Saqlash va o‘chirish
- Ma’lumotlar hisob mavjud ekan saqlanadi.
- Hisobni ilovada o‘chirish mumkin: «Ko‘proq» → «Hisobni o‘chirish». Agar tashkilotning yagona egasi bo‘lsangiz, hisob bilan birga uning barcha ma’lumotlari o‘chadi. O‘chirish darhol bajariladi; zaxira nusxalaridan 14 kun ichida yo‘qoladi.
- Ilovaga kira olmasangiz, bizga yozing — so‘rov bo‘yicha o‘chiramiz.
Sizning huquqlaringiz
- Siz haqingizda qanday ma’lumot saqlanayotganini bilish, uni tuzatish yoki o‘chirishni talab qilish huquqingiz bor. Buning uchun biz bilan bog‘laning.
Aloqa
- Sabnur Invest LLC · sabnurholding@mail.ru · +998 78 150 55 33
O‘zgarishlar
- Siyosat o‘zgarsa, shu sahifani va yuqoridagi sanani yangilaymiz.